ENEREX — Navoiy viloyatida o'z panel yig'ish liniyasini yo'lga qo'ygan ilk xususiy korxona. Yillik 50 MVt gacha yig'ish quvvatiga ega zavodimizda panellarni o'zimiz yig'amiz, loyihani o'zimiz quramiz va o'zimiz xizmat ko'rsatamiz.
Quyosh panelidan tortib transformator podstansiyasigacha — barcha jihozlar bir yetkazib beruvchidan.
Quyosh panellari
590 Vt dan 720 Vt gacha bo'lgan monokristal panellar. Barcha panellarimiz A sinfiga mansub.
Monokristal, A sinf
590–720 Vt
25 yil kafolat
Quyosh fotoelektr stansiyalari
3 kVt dan 30 000 kVt gacha tayyor holda o'rnatib beriladigan ON-GRID, HYBRID va OFF-GRID tizimlar.
ON-GRID · HYBRID · OFF-GRID
3 kVt – 30 000 kVt
Wi-Fi monitoring
Shamol energiyasi yechimlari
Kichik va o'rta quvvatli shamol generatorlari — alohida yoki quyosh panellari va akkumulyator bilan birgalikda o'rnatiladi. Shu tariqa tunda va quyosh kam bo'lgan oylarda ham energiya ishlab chiqariladi.
500 Vt – 50 kVt
Gorizontal va vertikal o'qli
Shamol + quyosh gibridi
Invertorlar
O'zgarmas tokni standart 50 Gs, 220 V o'zgaruvchan kuchlanishga aylantiruvchi qurilmalar.
ON-GRID va HYBRID
5 yil kafolat
Monitoring tizimi bilan
Quyosh suv isitgichlari
200 L bak, 20 ta vakuum trubka, nikelli korpus va elektron kontroller. Bosimli modellar 200–300 L.
Yilning 9 oyi 100% tejash
Qishda 70% gacha
Operatsion xarajatsiz
Moyli transformator yechimlari
Moyga botirilgan kuch transformatorlari va to'liq podstansiyalar — ulanishga tayyor holda, har xil quvvatda buyurtmaga asosan tayyorlanadi.
Moyga botirilgan
Buyurtmaga asosan
Loyihalash va montaj
Elektrodvigatellar va ta'mirlash
25 000 kVt gacha bo'lgan elektrodvigatel, generator va podstansiyalarni kapital va joriy ta'mirlash.
25 000 kVt gacha
Kapital ta'mirlash
Joriy ta'mirlash
Hamkor brendlar
JINKO
LONGi
ANERN
JXSolar
ENEREX — O'z liniyamizda yig'iladi
Qaysi tizim sizga mos?
Uchta tizim turi mavjud. Tanlov elektr tarmog'iga ulanish imkoniyati va zaxira energiya zarurligiga bog'liq.
ON-GRID
Tarmoqli
Tarmoqqa ulangan stansiya. Elektr xarajatlarini sezilarli kamaytiradi, ortiqcha energiyani tarmoqqa sotish imkonini beradi. Jismoniy shaxslar 50 kVt gacha o'rnatishi mumkin.
→ Tarmoq barqaror bo'lgan shahar va sanoat obyektlari
HYBRID
Akkumulyatorli
Akkumulyator bilan ishlaydi. Tez-tez uzilishlar kuzatiladigan joylar uchun. Quyoshdan yig'ilgan energiyani zaxirada saqlaydi va sutkaning istalgan vaqtida foydalanish imkonini beradi. Ortiqcha kVt tarmoqqa sotiladi.
→ Uzilishlar bo'ladigan hududlar, komfort talab qiluvchi xonadonlar
OFF-GRID
Avtonom
Elektr tarmog'i bo'lmagan hududlar uchun avtonom stansiya — cho'l, tog'li hududlar va dala hovlilar. Kunduzi ortiqcha energiyani akkumulyatorda saqlaydi, tunda va bulutli kunlarda foydalaniladi. Tarmoqqa ulanmagani uchun energiya sotilmaydi.
→ Tarmoq yetib bormagan cho'l va tog' hududlari
Stansiya modellari
Tayyor holda o'rnatib beriladigan komplektlar. Narx uchun so'rov qoldiring.
Komplektatsiya o'rtacha olingan bo'lib, buyurtmachi talablaridan kelib chiqib o'zgarishi mumkin. Panellar buyurtmaga qarab istalgan quvvatdan qo'yib beriladi.
Model kodlari ilgari SEN- bilan boshlangan. Raqamlar o'zgarmagan — eski takliflar to'g'ridan-to'g'ri mos keladi.
25 yil
Panellarga kafolat
5 yil
Invertorga kafolat
1–3 yil
Bepul servis xizmati
Tizim qanday ishlaydi
ON-GRID tizimi
Panellar ishlab chiqargan o'zgarmas tok invertor orqali 220 V ga aylantiriladi. Ortiqcha energiya hisoblagich orqali tarmoqqa uzatiladi.
OFF-GRID tizimi
Tarmoqqa ulanmagan avtonom tizim. Kunduzi ortiqcha energiya akkumulyatorda saqlanadi, tunda va bulutli kunlarda ishlatiladi.
O'z liniyamizda yig'amiz
Bu ombor emas — Navoiy erkin iqtisodiy zonasidagi ishlab chiqarish liniyasi.
Panellarimizni SKD usuli bo'yicha yig'amiz. Elementlar, shisha, plyonka, ramkalar va ulanish qutilari hamkor ishlab chiqaruvchilarimizdan komplekt holida keladi, har bir panel esa Navoiydagi o'z liniyamizda teriladi, laminatlanadi, ramkalanadi, ulanadi va sinovdan o'tkaziladi.
Xitoy davlati bilan hamkorlikda tashkil etilgan zavod yiliga 50 MVt gacha yig'ish quvvatiga ega va 25 nafar xodimni ish bilan ta'minlagan; to'liq quvvatda yana 40 ga yaqin ish o'rni yaratiladi. Litsenziyamiz bitta loyihada 30 MVt gacha stansiya qurishga imkon beradi.
Aynan shu yakuniy bosqichda sifat hal bo'ladi — va u chet eldagi yetkazib beruvchida emas, bizda. Yig'ilgan har bir panel xalqaro sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqlik sertifikatiga ega, kafolatni esa to'liq 25 yil davomida o'zimiz zimmamizga olamiz.
Amalga oshirilgan loyihalar
Xonadonlardan yirik sanoat miqyosigacha.
Turar-joy va tijorat yechimlari
Yirik quvvatli obyektlar
Yer va tom usti stansiyalari
Bizga ishonganlar
Yirik hajmdagi shartnomalar imzolangan korxona va tashkilotlar.
NKMK
NKMK JAMG'ARMA
NAVOIY IES
NAVOIYAZOT
NAVOIURAN
ZARAFSHON GOLDEN GROUP
ISFAAN
PERFECT HOUSE
ZIYO BUILDING
SANDAL
E'tirof va sertifikatlar
Korxona faoliyati bilan davlat idoralari va hamkorlarimiz muntazam tanishib boradi.