Asosiy qismga o'tish
ENEREX

Navoiy erkin iqtisodiy zonasi

Xonadoningiz biz bilanyorqinroq

ENEREX — Navoiy viloyatida o'z panel yig'ish liniyasini yo'lga qo'ygan ilk xususiy korxona. Yillik 50 MVt gacha yig'ish quvvatiga ega zavodimizda panellarni o'zimiz yig'amiz, loyihani o'zimiz quramiz va o'zimiz xizmat ko'rsatamiz.

Ilgari «Solar Energy Navoiy»

50MVt

Yillik yig'ish quvvati

30MVt

Bitta loyihada litsenziyalangan eng yuqori quvvat

25yil

Panellarga kafolat

2022

Ro'yxatdan o'tgan yil

Mahsulot va xizmatlarimiz

Quyosh panelidan tortib transformator podstansiyasigacha — barcha jihozlar bir yetkazib beruvchidan.

  • Jinko Solar monokristal panellari
    Obyektga yetkazilgan Jinko Solar panellari

    Quyosh panellari

    590 Vt dan 720 Vt gacha bo'lgan monokristal panellar. Barcha panellarimiz A sinfiga mansub.

    • Monokristal, A sinf
    • 590–720 Vt
    • 25 yil kafolat
  • Quyosh fotoelektr stansiyalari

    Quyosh fotoelektr stansiyalari

    3 kVt dan 30 000 kVt gacha tayyor holda o'rnatib beriladigan ON-GRID, HYBRID va OFF-GRID tizimlar.

    • ON-GRID · HYBRID · OFF-GRID
    • 3 kVt – 30 000 kVt
    • Wi-Fi monitoring
  • Shamol energiyasi yechimlari

    Shamol energiyasi yechimlari

    Kichik va o'rta quvvatli shamol generatorlari — alohida yoki quyosh panellari va akkumulyator bilan birgalikda o'rnatiladi. Shu tariqa tunda va quyosh kam bo'lgan oylarda ham energiya ishlab chiqariladi.

    • 500 Vt – 50 kVt
    • Gorizontal va vertikal o'qli
    • Shamol + quyosh gibridi
  • Invertorlar

    Invertorlar

    O'zgarmas tokni standart 50 Gs, 220 V o'zgaruvchan kuchlanishga aylantiruvchi qurilmalar.

    • ON-GRID va HYBRID
    • 5 yil kafolat
    • Monitoring tizimi bilan
  • Quyosh suv isitgichlari

    Quyosh suv isitgichlari

    200 L bak, 20 ta vakuum trubka, nikelli korpus va elektron kontroller. Bosimli modellar 200–300 L.

    • Yilning 9 oyi 100% tejash
    • Qishda 70% gacha
    • Operatsion xarajatsiz
  • Moyli transformator yechimlari

    Moyli transformator yechimlari

    Moyga botirilgan kuch transformatorlari va to'liq podstansiyalar — ulanishga tayyor holda, har xil quvvatda buyurtmaga asosan tayyorlanadi.

    • Moyga botirilgan
    • Buyurtmaga asosan
    • Loyihalash va montaj
  • Elektrodvigatellar va ta'mirlash

    Elektrodvigatellar va ta'mirlash

    25 000 kVt gacha bo'lgan elektrodvigatel, generator va podstansiyalarni kapital va joriy ta'mirlash.

    • 25 000 kVt gacha
    • Kapital ta'mirlash
    • Joriy ta'mirlash

Hamkor brendlar

  • JINKO
  • LONGi
  • ANERN
  • JXSolar
  • ENEREX — O'z liniyamizda yig'iladi

Qaysi tizim sizga mos?

Uchta tizim turi mavjud. Tanlov elektr tarmog'iga ulanish imkoniyati va zaxira energiya zarurligiga bog'liq.

  • ON-GRID

    Tarmoqli

    Tarmoqqa ulangan stansiya. Elektr xarajatlarini sezilarli kamaytiradi, ortiqcha energiyani tarmoqqa sotish imkonini beradi. Jismoniy shaxslar 50 kVt gacha o'rnatishi mumkin.

    Tarmoq barqaror bo'lgan shahar va sanoat obyektlari

  • HYBRID

    Akkumulyatorli

    Akkumulyator bilan ishlaydi. Tez-tez uzilishlar kuzatiladigan joylar uchun. Quyoshdan yig'ilgan energiyani zaxirada saqlaydi va sutkaning istalgan vaqtida foydalanish imkonini beradi. Ortiqcha kVt tarmoqqa sotiladi.

    Uzilishlar bo'ladigan hududlar, komfort talab qiluvchi xonadonlar

  • OFF-GRID

    Avtonom

    Elektr tarmog'i bo'lmagan hududlar uchun avtonom stansiya — cho'l, tog'li hududlar va dala hovlilar. Kunduzi ortiqcha energiyani akkumulyatorda saqlaydi, tunda va bulutli kunlarda foydalaniladi. Tarmoqqa ulanmagani uchun energiya sotilmaydi.

    Tarmoq yetib bormagan cho'l va tog' hududlari

Stansiya modellari

Tayyor holda o'rnatib beriladigan komplektlar. Narx uchun so'rov qoldiring.

ON-GRID tizimlar

ModelQuvvatiInvertorPanellarWi-Fi monitoringTaklif so'rash
ENX-S-22 000 WON GRID-23 × 620 WBorTaklif so'rashENX-S-2
ENX-S-55 000 WON GRID-58 × 625 WBorTaklif so'rashENX-S-5
ENX-S-1010 000 WON GRID-1016 × 625 WBorTaklif so'rashENX-S-10
ENX-S-1515 000 WON GRID-1524 × 625 WBorTaklif so'rashENX-S-15
ENX-S-2020 000 WON GRID-2032 × 625 WBorTaklif so'rashENX-S-20
ENX-S-2525 000 WON GRID-2540 × 625 WBorTaklif so'rashENX-S-25
ENX-S-3030 000 WON GRID-3048 × 625 WBorTaklif so'rashENX-S-30
ENX-HA-4040 000 WON GRID-4064 × 625 WBorTaklif so'rashENX-HA-40
ENX-HA-5050 000 WON GRID-5080 × 625 WBorTaklif so'rashENX-HA-50
ENX-S-100100 000 WON GRID-100160 × 625 WBorTaklif so'rashENX-S-100

HYBRID tizimlar

ModelQuvvatiInvertorPanellarAkkumulyatorWi-Fi monitoringTarmoqqa sotishTaklif so'rash
ENX-H-4.24 000 WHYBRID-4.26 × 630 W4 × 12V / 100AhBorBorTaklif so'rashENX-H-4.2
ENX-H-55 000 WHYBRID-6.28 × 620 W4 × 12V / 100AhBorBorTaklif so'rashENX-H-5
ENX-H-66 000 WHYBRID-6.210 × 620 W4 × 12V / 100AhBorBorTaklif so'rashENX-H-6
ENX-H-77 000 WHYBRID-7.211 × 625 W4 × 12V / 100AhBorBorTaklif so'rashENX-H-7
ENX-H-88 000 WHYBRID-8.213 × 625 W4 × 12V / 100AhBorBorTaklif so'rashENX-H-8
ENX-H-1010 000 WHYBRID-10.216 × 625 W6 × 12V / 100AhBorBorTaklif so'rashENX-H-10

Komplektatsiya o'rtacha olingan bo'lib, buyurtmachi talablaridan kelib chiqib o'zgarishi mumkin. Panellar buyurtmaga qarab istalgan quvvatdan qo'yib beriladi.

Model kodlari ilgari SEN- bilan boshlangan. Raqamlar o'zgarmagan — eski takliflar to'g'ridan-to'g'ri mos keladi.

25 yil

Panellarga kafolat

5 yil

Invertorga kafolat

1–3 yil

Bepul servis xizmati

Tizim qanday ishlaydi

ON-GRID tizimi

Quyosh panellariDCInvertorDC → ACHisoblagichIste'molchi220 VElektr tarmog'iOrtiqcha energiya sotiladiQuyosh
Panellar ishlab chiqargan o'zgarmas tok invertor orqali 220 V ga aylantiriladi. Ortiqcha energiya hisoblagich orqali tarmoqqa uzatiladi.

OFF-GRID tizimi

Quyosh panellariDCKontrollerAkkumulyatorlarInvertorDC → ACIste'molchi220 VQuyoshTarmoqqa ulanmagan
Tarmoqqa ulanmagan avtonom tizim. Kunduzi ortiqcha energiya akkumulyatorda saqlanadi, tunda va bulutli kunlarda ishlatiladi.

O'z liniyamizda yig'amiz

Bu ombor emas — Navoiy erkin iqtisodiy zonasidagi ishlab chiqarish liniyasi.

Panellarimizni SKD usuli bo'yicha yig'amiz. Elementlar, shisha, plyonka, ramkalar va ulanish qutilari hamkor ishlab chiqaruvchilarimizdan komplekt holida keladi, har bir panel esa Navoiydagi o'z liniyamizda teriladi, laminatlanadi, ramkalanadi, ulanadi va sinovdan o'tkaziladi.

Xitoy davlati bilan hamkorlikda tashkil etilgan zavod yiliga 50 MVt gacha yig'ish quvvatiga ega va 25 nafar xodimni ish bilan ta'minlagan; to'liq quvvatda yana 40 ga yaqin ish o'rni yaratiladi. Litsenziyamiz bitta loyihada 30 MVt gacha stansiya qurishga imkon beradi.

Aynan shu yakuniy bosqichda sifat hal bo'ladi — va u chet eldagi yetkazib beruvchida emas, bizda. Yig'ilgan har bir panel xalqaro sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqlik sertifikatiga ega, kafolatni esa to'liq 25 yil davomida o'zimiz zimmamizga olamiz.

ENEREX xodimlari panelni ramkalash stolida yig'moqda
Yig'ish liniyasida panel tayyorlash jarayoni
Xodimlar tayyor panel sifatini tekshirmoqda
Panellarni omborga joylashtirish

Amalga oshirilgan loyihalar

Xonadonlardan yirik sanoat miqyosigacha.

Cherepitsali tom ustidagi quyosh panellari
Yetkazishga tayyorlangan panel qutilari
Tom ustiga o'rnatilgan quyosh suv isitgichlari
Profnastil tom ustidagi panellar
Tayyor tom usti stansiyasining yaqin ko'rinishi

Turar-joy va tijorat yechimlari

Yirik quvvatli yer usti quyosh stansiyasi

Yirik quvvatli obyektlar

Tijorat binosi tomidagi ko'p qatorli panellar
Tom ustidagi qiya o'rnatilgan panellar qatori
Kechki payt yer usti quyosh stansiyasi

Yer va tom usti stansiyalari

Bizga ishonganlar

Yirik hajmdagi shartnomalar imzolangan korxona va tashkilotlar.

  • NKMK
  • NKMK JAMG'ARMA
  • NAVOIY IES
  • NAVOIYAZOT
  • NAVOIURAN
  • ZARAFSHON GOLDEN GROUP
  • ISFAAN
  • PERFECT HOUSE
  • ZIYO BUILDING
  • SANDAL

E'tirof va sertifikatlar

Korxona faoliyati bilan davlat idoralari va hamkorlarimiz muntazam tanishib boradi.

  • Xitoylik hamkorlarimiz bilan uchrashuvlar va ishlab chiqarish tajribasini o'rganish.
    Kattalashtirish

    Xitoylik hamkorlarimiz bilan uchrashuvlar va ishlab chiqarish tajribasini o'rganish.

  • ENEREX mahsulotlari xalqaro talab va standartlarga muvofiq sertifikatlangan.
    Kattalashtirish

    ENEREX mahsulotlari xalqaro talab va standartlarga muvofiq sertifikatlangan.

  • Qonunchilik palatasi deputatlari va Ekologik partiya vakillari ENEREX faoliyati bilan tanishdi.
    Kattalashtirish

    Qonunchilik palatasi deputatlari va Ekologik partiya vakillari ENEREX faoliyati bilan tanishdi.

  • Viloyat hokimi Normat Tursunov ENEREX korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
    Kattalashtirish

    Viloyat hokimi Normat Tursunov ENEREX korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

  • Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining №1741297-sonli litsenziyasi — muddati cheksiz.
    Kattalashtirish

    Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining №1741297-sonli litsenziyasi — muddati cheksiz.

  • Litsenziya bo'yicha faoliyat turlari: 0,4–110 kV elektr tarmoqlari va 30 MVt gacha fotoelektr stansiyalarini qurish.
    Kattalashtirish

    Litsenziya bo'yicha faoliyat turlari: 0,4–110 kV elektr tarmoqlari va 30 MVt gacha fotoelektr stansiyalarini qurish.

Loyihangizni muhokama qilaylik

Obyektingiz haqida qisqacha ma'lumot qoldiring — mutaxassisimiz quvvat va komplektatsiyani hisoblab, taklif tayyorlaydi.

Manzil
Bunyodkor MFY, Sadriddin Ayniy ko'chasi, 100-uyNavoiy shahri, Navoiy viloyatiO'zbekiston

Navoiy shahri erkin iqtisodiy zonasi

Ish vaqti
Dushanba–Shanba, 09:00–18:00

Ma'lumotlaringiz faqat so'rovingizga javob berish uchun ishlatiladi.